07:38 / 23.10.2019
3 681

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov: «Har bir investorga o‘zim kafil bo‘lyapman»

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov: «Har bir investorga o‘zim kafil bo‘lyapman»
Foto: Rustam Eshonov / «Daryo»
Turkiyalik ishbilarmonlarga avval qo‘yilgan to‘siqlar tufayli ular orasida O‘zbekistonga qaytib kelmaydigan bo‘lib ketganlari ham bor. Bu haqda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov 19 oktyabr kuni Open Andijan xalqaro investitsiya forumi doirasida OAV vakillari bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Anjumanda jurnalistlardan biri Andijon viloyatida investorlar emin-erkin faoliyat yuritishi uchun qanday kafolat borligi haqida viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovga savol bilan murojaat qildi.

Savolga javob berarkan, hokim ilgari turkiyalik ko‘plab tadbirokorlar Toshkentda ham, viloyatlarda ham ishni yurgiza olmay, «bular yolg‘onchi, aldaydi, O‘zbekistonga qaytib kirmayman», deb ketganini eslatdi.

«Xorijlik tadbirkorlar O‘zbekistonga investitsiya kiritishga o‘ylanyapti. Prezident juda ko‘p sharoit yaratib bermoqda, lekin borsammi-bormasammi deb, ishonmay turganlar ko‘p. Shu bois, Prezidentning viloyatdagi vakili sifatida o‘zimiz investorlarga kafil bo‘lyapmiz», — dedi Andijon viloyati hokimi.

«Avvallari hokimlarning asosiy vaqti qishloq xo‘jaligi bilan o‘tardi. Klaster tizimi joriy etilgach, paxta ham bir yo‘singa tushdi. Tarixda bo‘lmagan — 29 kunda paxta rejasini bajardik. Endi haftaning uch kunida mahalliy tadbirkormi, xorijiy investormi, farqi yo‘q, har biri bilan uchrashib, muammolarini yechishga harakat qilyapmiz», — dedi hokim Abdurahmonov.

«Qanday masalasi bo‘lsa, yelkamga olib, 50 ming dollarlik loyiha olib kirayotgan bo‘lsa ham, o‘zim kafil bo‘lyapman. Albatta, qonuniy yo‘l bilan. Hali: ‘Hamma joy tozalanib ketdi’, deb aytolmayman. Tamagirlik holatlari bo‘lmasligi va boshqa turli muammolarning oldini olish uchun investorlar bilan shaxsam o‘zim uchrashyapman», — dedi hokim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov: «Har bir investorga o‘zim kafil bo‘lyapman»