Foto: Shutterstock
O‘zbekiston Respublikasining kirish, chiqish va tranzit vizalari (elektron bo‘lmagan) toifalari ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda hukumat qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, kirish vizalari, qoidaga ko‘ra, bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ma’lum toifadagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga kirish vizalari uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasiga kirish va chiqish vizalarini berish yoki amal qilish muddatini uzaytirish uchun xorijiy fuqarolardan:
O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda konsullik yig‘imlari, shuningdek, konsullik ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqiy xarajatlarni qoplash hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va konsullik muassasalari boshliqlari yoki O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari boshliqlari tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorda yig‘imlar undiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda davlat poshlinasi undiriladi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi