
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Qashqadaryo viloyatida 26 oktyabr kuni hukumat rahbarlari ishtirokida viloyat faollarining yig‘ilishi o‘tkazilishi va unda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli jiddiy tanqid ostiga olinib, tashkiliy masalalar ko‘rilishi kutilayotgani haqidagi ma’lumotlar Kun.uz tahririyatiga kelib tushganligi ma’lum qilindi.
Bu ma’lumot bo‘yicha Kun.uz turli manbalardan surishtiruv o‘tkazgani va vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha norasmiy ma’lumotlarga ega bo‘lganligi qayd etildi.
Manbalardan olingan ma’lumotlarimizga ko‘ra, 2013 yil 27 sentyabrdan buyon Qashqadaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Zafar Sharopovich Ro‘ziyev o‘z vazifasidan ozod qilinishi kutilmoqda.
Shuningdek, yig‘ilishda Qarshi shahri, Chiroqchi va Mirishkor tumanlarining amaldagi hokimlari masalasi ham ko‘rib chiqilishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar