date
views 6 143

O‘zbekiston amaldorlari qaysi partiyadan? (infografika)

O‘zbekiston amaldorlari qaysi partiyadan? (infografika)
O‘zbekistonda 2 milliondan ziyod fuqarolar siyosiy partiyalar safida ro‘yxatga olingan.
"Yuksalish" umummilliy harakati davlat tuzilmalari, biznes, ilmiy doiralar, jamoat tashkilotlari, madaniyat va san’at namoyondalari vakillarining qaysi partiya a’zolari ekanini e’lon qildi.

"Adolat" SDPdan:
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov

"Milliy tiklanish" DPdan:
Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev

Xalq demokratik partiyasidan:
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov
Bosh Vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov
Bosh Vazir o‘rinbosari Elmira Bositxonova

Liberal demokratik partiyasidan:
Energetika vaziri Alisher Sultonov
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzaqov
AKT vaziri Shuhrat Sodiqov
Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev
Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bosh Vazir Abdulla Aripov ham O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi vakillaridir.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston amaldorlari qaysi partiyadan? (infografika)