
Foto: Reuters/YouTube
Rossiyaning NTV telekanalidagi “Sentralnoye televideniye" dasturiga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning qiyofadoshi Umid Isaboyev taklif qilindi va undan agar imkon bo‘lganda, Zelenskiyga qanday savol bergan bo‘lishi haqida so‘raldi.
Isaboyev o‘z qiyofadoshidan nima uchun o‘ziga o‘xshashligi haqida so‘rashini aytgan.
“Nima uchun siz menga o‘xshaysiz?”, deb aytdi Isaboyev.
Isaboyevning tan olishicha, u Zelenskiy prezident bo‘lgandagina unga o‘xshashligini bilgan. Uning ta’kidlashicha, u bilan Zelenskiyga o‘xshashligi sababli tez-tez suratga tushishni so‘rab turishadi.
Avvalroq “Rossiya 1” telekanali efirida Zelenskiyning qiyofadoshi Umid Isaboyev haqida lavha namoyish qilingandi. Avtomobil bo‘yoqchisi bo‘lib ishlaydigan o‘zbekistonlik Umid zarur bo‘lsa Zelenskiyning o‘rnini sahnada egallashga tayyorligini, biroq “cho‘chqa go‘shtini yeyish kerak bo‘lgan” sahnalarda suratga tushmasligini aytgan.
ZelenskiyUmid IsaboyevUkraina prezidentiRossiya telekanaliQiyofadosshSuratga tushish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar