
Namangan viloyatidagi «To‘raqo‘rg‘on A.T.» mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari «Agrobank» filiali bo‘lim boshlig‘i bilan til biriktirib, salkam yuz million so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsudinov xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, «To‘raqo‘rg‘on» MChJning 1981 yilga tug‘ilgan G‘.T. ismli rahbari «Agrobank» To‘raqo‘rg‘on filialining 1990 yilga tug‘ilgan N.E. ismli bo‘limi boshlig‘i bilan birgalikda 4 nafar fuqaroning nomiga jami 99,2 million so‘m kredit mablag‘larini issiqxona qurish maqsadida rasmiylashtirib olgan.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi («O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish») 2-qismi «b», «v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan ViloyatiTo‘raqo‘rg‘on A.TAgrobank FilialiKredit Mablag‘lariTalon-TorojJinoyat Kodeksi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar