15:37 / 30.10.2019
2 226

Senat: Madaniyat vazirligi tomonidan ayrim vazifalar belgilangan muddatlarda bajarilmagan

Senat: Madaniyat vazirligi tomonidan ayrim vazifalar belgilangan muddatlarda bajarilmagan
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Senatorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining hamda Madaniyat vazirligining 2019 yilning to‘qqiz oyi davomidagi faoliyati yuzasidan hisobotlari eshitildi.

Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisida qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining joriy yil davomidagi faoliyatida 44 ta maqsadli vazifa amalga oshirilishi belgilangan, shundan 26 tasi joriy yilning I-Sh choraklarida bajarilishi lozim edi. Ularning ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hujjatlarini rasmiylashtirish maqsadida jami 5430 ta madaniy meros ob’ektining manzilli ro‘yxati tuzilgan va tasdiqlangan.

Hududlardagi bolalar musiqa va san’at maktablarida 4045 nafar oliy ma’lumotli mutaxassis o‘qituvchiga ehtiyoj borligi aniqlangan, kamida uch yil mehnat stajiga ega 5131 nafar mutaxassisning ro‘yxati shakllantirilgan. Bolalar musiqa va san’at maktablari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston davlat konservatoriyasida maxsus sirtqi bo‘lim ochilgan.

Majlisda vazirlik tomonidan ayrim vazifalar belgilangan muddatlarda bajarilmaganligiga urg‘u berildi. Jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida 50 ta istirohat bog‘i faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan bo‘lib, bugunga qadar tadbirkorlik sub’ektlarining biznes-reja loyihalari vazirlikning tegishli boshqarmalari tomonidan haligacha ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida ko‘zi ojizlar uchun kutubxonalar binolarini qurish ishlari olib borilishi muddati 2019 yilning I-III choraklari etib belgilangan bo‘lsa-da, buning ijrosi ham ta’minlanmagan.

Muhokama natijalari bo‘yicha Madaniyat vazirligi zimmasiga yuklatilgan barcha vazifalarning so‘zsiz ijrosini ta’minlash yuzasidan amaliy tavsiyalar bildirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Senat: Madaniyat vazirligi tomonidan ayrim vazifalar belgilangan muddatlarda bajarilmagan