31 oktyabr kuni erta tongda Turkiyaning «Atlasglobal Airlines» aviakompaniyasiga qarashli “Airbus-321” samolyoti Istanbul-Buxoro yo‘nalishidagi ilk charter reysni amalga oshirdi.
Turkiyaning «Atlasglobal Airlines» aviakompaniyasi tomonidan O‘zbekistonning «Grand Atlas Discovery» kompaniyasi ko‘magida yo‘lga qo‘yilgan Istanbul-Buxoro birinchi charter reysi Buxoro xalqaro aeroportida viloyat hokimligining qator mutasaddi tashkilotlari vakillari tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.
Charter reysning ilk yo‘lovchilari turkiyalik jurnalist, bloger, turistik firmalar rahbarlari va xodimlari, shuningdek, qator din arboblari va olimlarini o‘zida jamlagan.
Turkiyadan qariyb 25 nafar turoperator va 100 ga yaqin mehmon bilan Istanbul-Buxoro birinchi charter reysida parvozni amalga oshirdi.
Ayni damda, turkiyalik mehmonlar Buxoro viloyatining qadimiy hamda diqqatga sazovor maskanlari bo‘ylab sayohat qilishmoqda. Navbatdagi charter reys 4 noyabr kuni Istanbul-Samarqand yo‘nalishida amalga oshirilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)