Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tezkor tadbir davomida Buxoro shahrida piyoda harakatlanib ketayotgan fuqaro S.D. tezkor guruh vakillari tomonidan to‘xtatilib xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada uning yonida 3 dona gugurt qutisiga joylangan marixuana giyohvandlik moddalari borligi aniqlandi.
Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro N.A. ham belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.
Natijada, fuqaro N.A.ning cho‘ntaklarida 3 ta paketchalarga va 2 ta gugurt qutilariga solingan marixuana giyohvandlik moddalari borligi aniqlandi. Tezkor tadbir davomida ushbu ikkala shaxsdan jami 36,17 gramm marixuana giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Vobkent tumanida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida, fuqaro I.Q.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi. Natijada ushbu shaxs o‘z yashash xonadonida, 3 kg. 618 grammdan ortiqni tashkil etuvchi marixuana giyohvandlik vositasini saqlayotganligi va 32 tup kannabisni yetishtirayotgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi