
25 oktyabr kuni Angren shahar 5/5 dahasida joylashgan sartaroshxonada ishlovchi Guli ismli 25 yoshli ayol o‘zi bilan birga yashab kelgan Zohid ismli tanishini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda MY5 telekanalining «Markaziy studiya» axborot dasturida xabar berildi.
Guli va Zohid tungi soat 02:00 larda o‘zaro janjallashib qolishgan. Buning oqibatida Guli 20 yoshli Zohidning chap ko‘krak qafasiga oshxona pichog‘i bilan bir marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan Guliga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar