
Arxiv foto
Foto: Videolavhadan skrinshot
Quva tumanida ikki guruh «ko‘cha bolalari» o‘rtasidagi mushtlashuv bir yigitning o‘limi bilan yakun topdi. Voqelik 1 noyabr kuni kechasi sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Manbamizga ko‘ra, ikki o‘smir «gap talashib» qoldi. Keyin qoq yarim tunda «chetroq joyga chiqib», munosabatlariga oydinlik kiritishga kelishadi. Yigitlar belgilangan joyga bir o‘zlari kelmaydi: biri besh nafar, ikkinchisi sakkiz nafar «hammasligi» bilan tashrif buyuradi. Natijada kelishmovchilik battar kuchayib, ikki guruh o‘rtasida olatasir mushtlashuv yuz beradi. Buning oqibatida bir yigit olgan jarohati sabab vafot etadi.
Aytishlaricha, ommaviy mushtlashuv ishtirokchilarining aksariyati Quva tumanining temiryo‘l stansiyasi atrofidagi «krutoy»lar ekan...
Hozircha voqelikka tegishli organlar bayonot bergani yo‘q. Biroq manbamizga ko‘ra, holat yuzasidan allaqachon Jinoyat kodeksining 104-modda 3-qismi bilan (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘ladigan darajada qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) «ish» qo‘zg‘atilgan.
Quva TumaniMushtlashuv VoqeligiO‘lim SababiO‘smirlar GuruhlariJinoyat KodeksiOmmaviy Mushtlashuv O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar