Foto: FVV YOXBB matbuot xizmati
2019-yilning 5-noyabr kuni soat 02:23da Andijon viloyati Asaka tumani Ulugʻbek MFY Saxiylik koʻchasida joylashgan “OʻzDongVongKo” qoʻshma korxonasida yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida yongʻin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
Oʻzbekiston Respublikasi FVV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish boʻlinmasi maʼlumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga 3 ta yongʻin oʻchirish boʻlinmalari jalb etilgan. Boʻlinmalar chaqirilgan manzilga 3 daqiqada yetib borgan.
Koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻin soat 02:29da oʻrab olinib, 02:37da bartaraf etilgan. Yongʻindan korxonaning 150 kv. metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar qayd etilmagan. Yongʻin oqibatida korxonaning ovqat tayyorlash xonasi 20 kv. metr maydonda yonib zararlangan.
Yongʻinning taxminiy sababi - qozonda yogʻni dogʻlash uchun qoʻyib, nazoratsiz qoldirilishi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi