date
views 1 797

Kipr mablagʻ oʻzlashtirishda gumon qilingan shaxslarga berilgan pasportlarni qaytarib olmoqda

Kipr mablagʻ oʻzlashtirishda gumon qilingan shaxslarga berilgan pasportlarni qaytarib olmoqda
Kipr rasmiylari xorij fuqarolariga investitsiyalar kiritish evaziga berilgan 26 ta pasportni qaytarib oldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Konstantinos Petridis maʼlum qildi, deya xabar beradi Daryo.

Vazir aynan kimlar fuqarolikdan mahrum qilinganiga aniqlik kiritmadi. Kiprning Sigmalive resursi manblariga koʻra, ular orasida 9 nafar Rossiya, 8 nafar Kambodja va 5 nafar Xitoy fuqarosi bor. Ularning oila aʼzolaridan ham pasportlar olib qoʻyilgan.

Kipr prezidenti Nikos Anastasiadis 4-noyabr kuni mamlakat pasportlari notoʻgʻri berilishiga oid 10-15 ta “yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan” holatlar haqida gapirgandi. Gap mablagʻ oʻzlashtirishda gumon qilingan yoki “mustabid hukumatlar”ga aloqador shaxslarga berilgan hujjatlar haqida ketmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kipr mablagʻ oʻzlashtirishda gumon qilingan shaxslarga berilgan pasportlarni qaytarib olmoqda