2019 yilning 8 noyabr kuni soat 07:15lar atrofida Toshkent viloyatida ikkita avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan “Aziya Mebel” tekstil fabrikasiga ketayotgan, "Oqqo‘rg‘on-Quyi Chirchiq-Yangiyo‘l" yo‘nalishida harakatlanayotgan "Isuzi" markali avtobus mahalliy aholidan iborat ishchilarni Toshkent shahridagi korxonalardan biriga olib ketayotgan avtobusni quvib o‘tmoqchi bo‘lganida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda to‘qnashib ketgan avtobuslarda jami 39 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Jabrlangan yo‘lovchilar Quyi Chirchiq va Oqqo‘rg‘on tumanlari markaziy kasalxonalariga joylashtirilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ularning yaqinlariga xabar berilgan.
Yo‘lovchilarning 1 nafari ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay shifoxonada vafot etgan. Vaziyat huquq-tartibot idoralari nazoratiga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi