
Foto: «Huquqiy axborot» kanali
Prezident farmoyishiga asosan Mahmudov Zikirilla Abbosovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi sho‘’ba mudiri lavozimiga tayinlandi.
Zikirilla Mahmudov 1983 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2006 yilda Toshkent islom universitetini, 2010 yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
Zikirilla Mahmudov o‘z mehnat faoliyatini 2006 yilda Adliya vazirligi Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlik tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2018 yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligining Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasining boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Mahmudov ZikirillaO‘zbekiston RespublikasiPrezident AdministratsiyasiHuquqshunosQashqadaryo ViloyatiAdliya Vazirligi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar