
Xorazmlik Q.Nargizaning huquqlari vaqtincha cheklangandi. Sababi - zimmasidagi aliment majburiyati. Bunday majburiyat sud tomonidan erkaklarga yuklatiladi ko‘pincha. Biroq Q. Nargizadagi vaziyat buning aksi ediki, ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun sud aliment to‘lashni uning zimmasiga yukladi.
Ayni sud hujjati MIBning Urganch shahar bo‘limiga kelib tushgach, «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 421-moddasiga asosan uning mamlakatdan chiqish huquqlari vaqtincha cheklandi.
Mazkur cheklov olib tashlash mumkinmi? Albatta. Buning uchun ijro hujjati talablari amalda ado etilgan bo‘lishi kerak. Q. Nargizaning misolida u aliment pullarini oyma-oy emas, bittada to‘lash lozim. Yo‘qsa, farzandlari voyaga yetguncha kutishi kerak.
Q.Nargiza: «Hisoblang, bittada to‘lash shart bo‘lsa, miqdori qancha bo‘ladi?» dedi. MIB ijrochilari shaqqilatib hisoblab berdi: 52 916 976 ming so‘m! «Shuni to‘lasam bo‘ldimi?». Albatta. «Keyin muammo qilmaysizlarmi?». Yo‘q, to‘rt tomoningiz qibla!
Ayol pullarni naqd sanagach, unga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi.
Qonun HuquqlariAliment MajburiyatiSud HujjatlariVoyaga YetmaganXorazmlik Q.NargizaMIB Ijrochilari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar