
Xalqaro matbuot markazida siyosiy partiyalar vakillari munozara o‘tkazdilar. Bu haqda UPL nashri xabar berdi.
Keyingi munozaralarda siyosiy partiyalar oliy ta’lim tizimidagi muhim masalalarni ko‘tarishdi. Partiya vakillari stipendiya miqdorini oshirish va yotoqxonalar sharoitini yaxshilash kerak deb alohida ta’kidlab o‘tishdi.
"Xattoki kartoshka sotib olish uchun ham stipendiya yetmaydi. Stipendiyalarni oshirish kerak. Bu talabalarni rag‘batlantiradi", - dedi O‘zXDP vakili.
"Milliy tiklanish" partiyasidagi yana bir vakilning aytishicha, O‘zbekistonda atigi 130 ta oliy o‘quv yurti bor. Vakilning so‘zlariga ko‘ra, universitetlar kamida 300 ta bo‘lishi kerak.
Siyosiy PartiyalarOliy Ta'limStipendiya MiqdoriYotoqxona SharoitiMunozara O'tkazishTalabalarni Rag'batlantirish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar