
2019-yil mart oyidagi oʻtkazilgan soʻrovnomalarga koʻra dunyoning eng keksa odami sifatida 116 yoshli yaponiyalik ayol Keyn Tanaka tasdiqlandi. Keyn 1903-yil 2-yanvarda muddatidan oldin dunyoga keldi, oʻsha yili aka-uka Raytlar birinchi boʻlib osmonga qilgan parvozida muvaffaqiyatga erishishdi! Kumakichi va Kumaning yettinchi farzandi boʻlib dunyoga kelgan Keyn 19 yoshligida Hideo Tanaka bilan turmush qurdi.

Ular toʻrt farzand koʻrishdi va beshinchi farzandini asrab olishdi. Hideo yopishqoq guruch, Zenzai (yapon shirinliklarining bir turi) va Udon nonini tayyorlaydigan va sotadigan Tanaka Mochiya nomli oilaviy biznesini yoʻlga qoʻygan. Uning eri va oʻgʻillari Jahon urushlarida qatnashishgan. Oʻsha paytlarda Keyn oilaviy biznesini oʻzi yurita boshlagan. Bugungi kunda Keyn katarakta hamda saraton jarrohligini boshdan oʻtkazganiga qaramay, hozirda Flakula shahrida tinch-totuv hayot kechirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar