3 687
Samarqandda suyultirilgan gaz tashuvchi yuk mashinasi portlashi oqibatida 7ta transport vositasi yonib ketdi
Foto: Tergov departamenti
Samarqand viloyatida suyultirilgan gaz tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomashinasi portlashi oqibatida 7 ta transport vositasi yonib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugun, 2019 yil 20 noyabr kuni soat taxminan 03:30larda Samarqand viloyati Nurobod tumani hududidan o‘tuvchi Samarqand-G‘uzor A-378 avtomobil yo‘lining 33-kilometrida joylashgan «Timur GAZ» MChJga tegishli avtomashinalar turargohida harakatsiz turgan suyultirilgan gaz tashishga mo‘ljallangan MAN rusumli yuk avtomashinasida noma’lum sabablarga ko‘ra yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in yukxonaga o‘tib, avtomashinadagi suyultirilgan gaz portlashi oqibatida ushbu avtoturargohda turgan suyultirilgan gaz tashish uchun mo‘ljallangan 2 ta MAN va 1 ta «ZIL» rusumli avtomashinalar hamda DAF va «ZIL» rusumli yuk avtomashinalari, shuningdek HYUNDAI rusumli ekskavator yonib ketgan.
Hodisa sodir bo‘lgan joyga tergov-tezkor guruhi, FVV xodimlari va tez tibbiy yordam avtomashinalari jalb qilingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchilarning bir nafari tan jarohati olib shifoxonaga murojaat etgan.
Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi aniqlanmoqda, deyiladi ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi