Toshkentda AQShga jo‘natishda yordam beraman, deb odamlarni chuv tushirayotgan ayollar aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
Joriy yilning iyul oyida Mirzo-Ulug‘bek tumanida 62 yoshli Nargis S., 46 yoshli Zulfiya I. va 46 yoshli Dilfuza A.lar 34 yoshli Gulandon A.ga uning oilasini AQShga jo‘natishda yordam berishlarini va’da qilishgan. Buning uchun ayollar jabrlanuvchilardan 16.490 AQSh dollari olganlar. Ammo va’dalariga xilof tarzda pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborishgan.
Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Tergov davomida aniqlanishicha, 2018 yilning may oyidan joriy yilning apreligacha 46 yoshli Zulfiya I., 62 yoshli Nargis S. va 46 yoshli Dilfuza A.lar 37 yoshli Lola A.ga ham uning oilasiini AQShga jo‘natishni va’da qilishgan. Lola ularga jami 17 420 AQSh dollari bergan. Ammo va’dalarida turmagan fuqarolar pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborishgan.
Ayblanuvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi ("Firibgarlik") bo‘yicha qo‘shimcha ayblov yuklandi. Ayni paytda tergov davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi