07:02 / 23.11.2019
4 318

Meksikada butun bir oila jinoyatchilar tomonidan qirib tashlandi.

Meksikada butun bir oila jinoyatchilar tomonidan qirib tashlandi.
Ushbu maqolamiz orqali sizlarga 2019 yil 4 noyabr kuni Meksikada AQShlik Mormon oilasi va uning qarindoshlari qirg‘in-barot otishmada o‘ldirilgani haqida ma’lumot bermoqchimiz. Qurollangan shaxslar Mormon oilasining oltitasi yosh bolalar bo‘lgan to‘qqiz a’zosini Meksikada o‘zlarining avtomashinalarida amalga oshirgan pistirmada otib o‘ldirdilar.

Marhumlardan uch nafari bolalarning onasi, ikki nafari egizak chaqaloqlar va yana to‘rt nafari voyaga yetmagan bolalar bo‘lib, Chixuaxuaga ketish yo‘lida Bavispedagi Sonora shahrida joylashgan xulqi og‘ir odamlar istiqomat qiladigan hududdan kesib o‘tuvchi yo‘ldan borayotganlarida halok bo‘lishdi. Marhuma Rhonitaning qarindoshi bo‘lmish Julian LeBaron New York Times gazetasiga bergan intervyusida, Rhonita o‘zining o‘n bir yashar o‘g‘li, to‘qqiz yoshli qizi va hali bir yoshga ham to‘lmagan egizaklari bilan birga otib tashlanganini xabar bergan.

U yerda mashinaning buzilgani sababli turib qolishgan. Oldinda borayotgan yana ikki mashinaga hujum qilinganda unda ham yana ikkita ayol, to‘rt yoshli bola va olti yoshli qizaloq halok bo‘lishgan, deya xabar beradi gazeta.

Mashinadagi yetti nafar bolalar esa yo‘l chetida yashiringani bois jonlari omon qolgan. Ijtimoiy tarmoqlarda joylangan videolarda o‘qqa tutilgan mashinalarning butunlay yonib ketgani hamda ulardan faqatgina kuyundilar qolgani tasvirlangan. Mormon oilasining qarindoshlari to‘qqiz kishi o‘lganini aytayotgan bo‘lsada, hukumat politsiyasi faqat besh kishining o‘limini tasdiqlamoqda. Voqeaning nima sababdan sodir bo‘lgani noma’lum. Biroq so‘nggi paytlarda bunday qirg‘in-barot qurolli otishmalar Meksikada ko‘p marta kuzatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Meksikada butun bir oila jinoyatchilar tomonidan qirib tashlandi.