
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
Yigʻilishda ijtimoiy sugʻurta tizimini isloh qilish, shuningdek, uch darajali pensiya taʼminoti tizimiga oʻtish orqali pensiya badalini toʻlashdan manfaatdorlikni oshirish zarurligi taʼkidlandi.
Bunda, birinchi darajada davlat minimal pensiya miqdorini belgilaydi.
Ikkinchi darajada xodimning ish haqidan muayyan summa ushlanib, uning shaxsiy hisob-varagʻida toʻplanadi va Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmagan foiz hisoblab boriladi.
Uchinchi darajada xodim pensiya jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻ miqdorini oʻzi belgilaydi.
Bu tizim qoʻllanilsa, fuqaro kafolatli davlat pensiyasini olish bilan birga oʻz xohishiga qarab, pensiya yoshida qancha pensiya olishini oʻzi belgilash imkoniga ega boʻladi.
Shu bois Moliya vazirligiga Jahon banki va nufuzli moliya tashkilotlari ekspertlari bilan hamkorlikda pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish, shuningdek, ijtimoiy sugʻurta turlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar