Qamchiq dovonida Turkiya fuqarosi boshqaruvidagi DAF rusumli yuk mashinasi boshqaruvning izdan chiqishi oqibatida YTHga uchradi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 21 noyabr, payshanba kuni soat 11:10 da «Qamchiq» navbatchilik qismiga «Qamchiqavtoyo‘l» ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining navbatchi-dispetcheri tomonidan xabar kelib tushgan.
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Xabarga ko‘ra, «Toshkent—Vodiy» yo‘nalishida harakatlangan Turkiya fuqarosi A.X. boshqaruvidagi DAF rusumli yuk mashinasi «Toshkent—O‘sh» avtomobil yo‘lining 249-kilometrida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan. Sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida haydovchi tan jarohati olmagan.
Voqea joyiga tezkorlik bilan nazorat postlari qutqaruvchilari hamda «Qamchiq» qutqaruv otryadidan qutqaruv guruhi yetib borgan.
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Yuk mashinasini chuqurdan chiqarib olish uchun «Transyo‘lqurilish» kompaniyasining 50 tonnalik avtokrani, «Qamchiqavtoyo‘l» korxonasidan bitta yuklovchi texnika jalb etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi