date
views 3 548

Tadbirkor naqd pul qabul qilishda onlayn-nazorat kassa mashinasini qo‘llaydi

Tadbirkor naqd pul qabul qilishda onlayn-nazorat kassa mashinasini qo‘llaydi
“Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, naqd pul tushumiga ega tadbirkorlar aholidan naqd pulni qabul qilishda prezidentning farmoni bilan tasdiqlangan grafikda belgilangan muddatga qadar onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishga ixtiyoriy, ushbu muddat tugagach majburiy ravishda o‘tadilar (istisno holatlar mavjud).

Qaror bilan, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassa tizimini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, O‘zbekiston hududida faqat belgilangan tartibda davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishga ruxsat etiladi.

Tadbirkorlar davlat reyestriga kiritilgan onlayn - NKM va (yoki) virtual kassalarni mustaqil sotib olish hamda texnik xizmat ko‘rsatish markazlarini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega.

Onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalar davlat soliq xizmatlari organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkor naqd pul qabul qilishda onlayn-nazorat kassa mashinasini qo‘llaydi