O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilmoqda va uning ustav kapitali Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining davlat unitar korxonalari ustav kapitalidagi davlat aktivlari va ulushlarini topshirish hisobiga shakllantiriladi, shuningdek, ushbu korxonalar mas’uliyati cheklangan jamiyatlar sifatida qayta tuziladi.
2020 yil 1 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining ko‘rsatilayotgan suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari uchun to‘lovlarning to‘liqligi va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, iste’molchilarning qarzdorligini kamaytirish bo‘yicha funksiyalarini “O‘zsuvta’minot” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi sifatida qayta tashkil etiladi, amaldagi vazifa va funksiyalarni, shuningdek, moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda vazirlik tarkibiga o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi