date
views 3 924

Ohangaron Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi pora bilan ushlandi

Ohangaron Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi pora bilan ushlandi
Ohangaron shahar pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi pora bilan qoʻlga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati maʼlum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi, Ohangaron shahar prokuraturasi va IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Ohangaron shahar pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi S.A. pora olayotgani aniqlandi.

U fuqaro M.D.ning nafaqa hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga undan 1,0 mln. soʻm pullarni pora tariqasida talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ohangaron Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi pora bilan ushlandi