Xoʻjayli tumani soliq inspeksiyasi rahbari uyiga noqonuniy ravishda gaz oʻtkazib olgan

Xoʻjayli tumani soliq inspeksiyasi rahbari uyiga noqonuniy ravishda gaz oʻtkazib olgan
Qoraqalpogʻistonda MIB xodimlari tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatini aniqladi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Maʼlum boʻlishicha, 13 noyabr kuni Qoraqalpogʻistonning Xoʻjayli tumanida tuman MIB xodimlari tomonidan tegishli tekshiruv ishlari olib borilgan.

Uylarda oʻtkazilgan tekshiruvlar chogʻida xonadonlardan birining egasi shlang yordamida uyiga tabiiy gaz oʻtkazib olib, shu yoʻl bilan isitish qozonini qaynatishi aniqlangan. Ulanib olingan gazdan ovqat tayyorlashda ham foydalanilgan. Umuman olganda, tabiiy gazdan bepul foydalanib kelingan. Chunki u gaz hisoblagichda qayd etilmagan.

Shuningdek, bu xonadonda Xoʻjayli tumani soliq inspeksiyasi rahbari istiqomat qilishi aniqlangan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar