Gulnora Karimovaning hibs muddati beshinchi marta uzaytirildi, deb xabar qildi o‘zining Instagram sahifasida Imon Karimova.
Shu bilan birga, Gulnora Karimovaning qizi onasining qamoq jazosi muddati qachon, kim tomonidan va qancha muddatga uzaytirilganligi haqida aniqlik kiritmagan, deb yozadi Sputnik nashri.
"O‘tkazilayotgan tergovning bosh maqsadi - Gulnora Karimovani barcha ehtimoliy iqtisodiy va ijtimoiy muammolarda aybdor qilish", - deb yozadi Imon. Imonning so‘zlariga ko‘ra, tez orada yangi ma’lumotlar chiqishi kutilyapti.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil iyul oyida iman.k17 akkauntida Gulnoraning qamoqda saqlanishi mavzusiga doir ma’lumotlarning chop etilishiga doir savolga javoban Imon Karimova ushbu sahifa haqiqatda o‘ziga tegishliligi, ammo xabarlar boshqalar tomonidan tayyorlanishini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning birinchi prezidenti qizi Gulnora Karimova Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2017 yil 18 dekabrdagi hukmi bilan 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Karimova jazoni o‘tash tartibi va shartlarini qasddan buzganligi sababli jinoyat-ijroiya qonunchiligiga muvofiq, O‘zbekiston IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmatining taqdimnomasiga asosan, 2019 yil 5 martda jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi tomonidan unga nisbatan tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan muddati ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilib, umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan.
Sal oldin Bosh prokuratura Gulnora Karimovaning chet eldagi aktivlarini qaytarish bo‘yicha ishlarni davom ettirayotganini ma’lum qilgan edi.
Bosh prokuratura Gulnora Karimovaning 12 xorijiy mamlakatda jami 1,5 milliard dollar mol-mulki borligini aniqlagan. Shundan eng kattasi qismi – 800 million dollarlik mulk Shveysariyada saqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim"
Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi?