
Buxoroda 5 dekabr, payshanba kuni soat 04:55 da elektrovoz temir yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 58 yoshli G.X.ni urib yubordi. U hodisa joyida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mashinisti 32 yoshli R.T. boshqaruvidagi 3041-sonli yuk poyezdi Buxoro Mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli «Yakkatut» va «Murg‘ak» bekatlari oralig‘ida harakatlantirib ketayotgan vaqtida mazkur hodisa yuz bergan.
Ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.