
Bugun 7 dekabr kuni «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida so‘nggi uch yilda erishilgan yutuqlardan biri sifatida mamlakatda so‘z erkinligi va ochiqlik siyosati yo‘lga qo‘yilganini alohida tilga oldi.
Davlat rahbari jurnalistlar va blogerlarning jamiyatdagi o‘rni haqida gapirib, ularga aholi muammolari qonuniy hal etilishidagi faolligi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Shuningdek, prezident davlat amaldorlarini ham, OAVni ham o‘zaro hurmat asosida va xalq manfaatini birinchi o‘ringa qo‘ygan holda harakat qilishga chorladi hamda so‘z erkinligi borasida siyosat qat’iyligi, bu siyosatdan ortga qaytish bo‘lmasligini ta’kidladi.
«O‘zbekistonda hech kim OAVga tahdid qilmaydi va qonuniy faoliyatiga tazyiq o‘tkazmaydi», dedi prezident. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar