Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida prezidentning “Turizm sohasida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasi eʼlon qilindi.
Hujjatga koʻra, 2020-yil 1-iyuldan boshlab viza (vizasiz) rejim muddati ichida, ammo 30 kundan oshmagan holda chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilishini bekor qilish rejalashtirilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, oktyabr oyi oxirida Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayev chet el fuqarolarini migratsiya politsiyasi organlarida majburiy roʻyxatdan oʻtkazishni bekor qilish toʻgʻrisida koʻrsatma bergan edi.
Toʻqayevning soʻzlariga koʻra, ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda hukumat va hokimlar faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri - bu Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti mamlakatlarining standartlari hamda tamoyillarini jadal amalga oshirish. Davlat rahbari buni nafaqat sohaviy yondashuvlar darajasida, balki mintaqalarda ham amalga oshirish kerakligini taʼkidladi.
“Darvoqe, IHTT standartlari haqida. Agar biz haqiqatdan ham yirik shaharlar va umuman mamlakatning investitsiyaviy hamda sayyohlik jozibadorligini oshirishni istasak, chet el fuqarolarini migratsiya politsiyasi idoralarida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish kabi anaxronizmdan (oʻz zamonasiga mos kelmaydigan eski qarashlar - tah. izohi) xalos boʻlishimiz kerak. Majburiy roʻyxatdan oʻtkazish - chet ellik mehmonlar uchun noqulaylikdan tashqari, katta korrupsiya manbai boʻlib, bu mamlakatning va butun Olmaotaning obroʻsiga salbiy taʼsir qiladi”, - dedi Qosim-Jomart Toʻqayev.
Qozogʻiston prezidentining taʼkidlashicha, chet ellik mehmonlarning chegara nazoratidan oʻtishining oʻzi migratsion rasmiylashtirishdir.
“Biz juda koʻp gapirayotgan raqamlashtirish nimani anglatadi? Hukumat bu masalani yangi yilga qadar hal qilishi kerak. Ichki ishlar vazirining taʼkidlashicha, biz bunga tayyormiz”, - deya qoʻshimcha qilib oʻtdi davlat rahbari.
Amaldagi qoidalarga muvofiq, chet elliklar Qozogʻiston chegarasini kesib oʻtgan kundan boshlab besh kun ichida ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtishlari shart. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi