14:32 / 13.12.2019
2 921

Deputat propiska masalasini bitta SMS bilan hal qilishni taklif qildi

Deputat propiska masalasini bitta SMS bilan hal qilishni taklif qildi
Foto: Facebook / Rasul Kusherbayev
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Rasul Kusherbayev propiska masalasini bitta SMS bilan hal qilishni taklif qildi.

«Buning uchun vaqtincha ishlashga kelgan fuqaro turgan yeri bo‘yicha maxsus ma’lumotlar bazasiga qisqa raqamli, masalan, 1 raqamini SMS qilib yuboradi va shu orqali o‘zining turgan joyi bo‘yicha lokatsiyani ma’lum qiladi. Agar boshqa manzilga borsa, o‘sha manzildan yana SMS yuboradi, vassalom. IIB ma’lumotlar bazasi orqali kim kerak bo‘lsa, geolokatsiyasi orqali borib fuqaroni topib olaveradi, propiskayam, ro‘yxatam, shartnomayam, to‘lovam kerakmas. Faqat mas’ullarda xohish bo‘lsa bas», — deb yozadi deputat o‘zining Telegram kanaliga.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Deputat propiska masalasini bitta SMS bilan hal qilishni taklif qildi