
Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor K.M.dan undiruvchi S.Ye. foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandi ta’minoti uchun 1/4 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan aliment majburiyati va qarzdorligini bilsada to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan qarzdor K.M.ga 07.08.2018 yilda tegishli tartibda qidiruv e’lon qilindi.
Majburiy ijro Byurosining Yashnobod tuman bo‘limi qidiruv bo‘yicha xodimlarning sa’y-harakatlari bilan ma’suliyatsiz ota topildi va Yashnobod tuman Ma’muriy sudining qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.
Majburiy IjroYashnobod TumaniMirobod TumanO‘zbekiston RespublikasiIjro HujjatiAliment Undirish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar