«2019 yilda eng ko‘p avj olgan, oxirigacha hal qilinmagandek tuyulgan muammo yer ajratish masalasi bo‘ldi. Yer ajratishni auksion orqali amalga oshirish belgilandi, lekin shunda ham hokimliklar tomonidan qonunbuzarliklar sodir etilgan», − dedi adliya vaziri Ruslanbek Davletov Senatning 25-yalpi majlisida bergan axborotida.
Vazirga ko‘ra, 2018 yilning o‘zida 527ta holatda tuman hokimlari tomonidan hech qanday auksionsiz yer berib yuborish holatlari amalga oshirilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
“Hech qanday auksion o‘tkazmasdan shunchaki o‘zining qarori bilan yerni berib yuboravergan. 300 gektar yer shunaqa yo‘l bilan ketgan. Buning orqasidan 20 mlrd so‘m mablag‘ davlat byudjetiga tushmay qoldi. Auksionda yutganlarga ham yeri o‘z vaqtida ajratilmagan. Hokimning qarorini uch kungacha kutish belgilangan edi. Ammo hokimlar ikki oydan olti oygacha imzo qo‘ymasdan, sarson qilib cho‘zib yuravergan.
Endilikda yangi tartib amalga kiradi. Hech bir istisnosiz barcha yerlar auksion orqali ajratiladi. Auksionda yutgan shaxs uchun hokimning qarori ham kerak emas. Auksion protokolining o‘zi yerdan foydalanish uchun bemalol asos bo‘ladi. Bu borada hokimliklarning vakolatlarini qisqartirdik”, − dedi Ruslanbek Davletov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar Antarktida ustidagi ozon teshigining qisqarganini e’lon qildi
Isroil sobiq bosh vaziri Netanyaxuni G‘azodagi operatsiyani cho‘zishda aybladi
“Hizbulloh” Livandagi peyjer portlashlari tufayli Isroilni jazolash bilan tahdid qildi
Ikki talaba Finlandiyadan orol sotib oldi. Bu AQSHdagi uydan arzonroqqa tushdi
AQSHda sherif sudyani otib o‘ldirdi
O‘zbekiston bosib olingan Falastin hududidan Isroil qo‘shinlari chiqib ketishiga ovoz berdi
O‘zbekiston Rossiyaning GLONASS tizimi signalidan foydalanishi mumkin
Yevroittifoq elchisi ishga qanday transportda boradi?