Foto: Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti
Joriy yilning 17 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida vazir o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti rektori Nadejda Kaminina boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ko‘ra, uchrashuvda Moskva davlat geodeziya va kartografiya universitetining O‘zbekistondagi filiallarini ochish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Jumladan, Rossiya universitetining mamlakatimizda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan filiallarining huquqiy maqomini belgilash, o‘quv jarayonlarini yo‘lga qo‘yish, bitiruvchilarga beriladigan diplomlarning yuridik maqomi hamda bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlanish va shu kabi masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar geodeziya va kartografiya sohasi uchun hamkorlikda kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlarni jadallashtirishga kelishib olishdi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi