Zangiota tumanida noqonuniy yer savdosi bilan shug‘ullangan hokimlik xodimi qo‘lga olindi, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, 2019 yil 17 dekabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Zangiota tuman hokimligi umumiy bo‘lim mudiri A.T. va «M.G.S.» MCHJ rahbari M.S.lar o‘zaro jinoiy til biriktirib, jamiyatga tegishli bo‘lgan Zangiota tumani, «Qatortol» qishlog‘i, «Navro‘z» massividagi 2,7 gektar yer maydonining 0,3 gektarini noqonuniy ravishda, firibgarlik yo‘li bilan fuqaro S.X.ga har bir sotixini 4 mingdan jami 120 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlanishgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi