O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari soni ikkitaga ko‘payishi mumkin. Vazirlar Mahkamasining muhokamaga qo‘yilgan tegishli qarorlari bunga dalolat beradi.
Urganch shahrida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Urganch Ranch texnologiya instituti tashkil etiladi. Hujjatga ko‘ra, institut mashinasozlik sohasi va respublika iqtisodiyoti real sektori tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda texnika va unga turdosh sohalar uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.
Ta’lim muassasasi har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning iqtidorli farzandlari orasidan tanlov asosida bepul 5 nafardan kam bo‘lmagan abituriyentlarni o‘qishga qabul qiladi.
Shuningdek, Hukumatning yana bir tegishli qarori loyihasi bilan tadbirkorlik, boshqaruv va shu kabi boshqa sohalarda yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni ko‘zda tutuvchi TEAM universiteti tashkil etilishi mumkin. Unga ko‘ra, universitet Toshkent shahrida va Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi filiali bilan faoliyatini boshlaydi.
Har ikkala oliygoh ham ta’lim faoliyatini 2020/2021 o‘quv yilidan boshlashi belgilanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda