Qamchiq dovoni hududida noqulay ob-havo sharoiti kuzatilayotgani hamda qor ko‘chishi xavfi mavjudligi bois haydovchilar va yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, dovon bo‘ylab avtomobil vositalarining harakatlanishi vaqtinchalik to‘xtatilgani haqida xabar berilgan edi.
Qamchiq dovoni yo‘nalishidan foydalanadigan barcha yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan Farg‘ona vodiysiga buyurtma avtobus katnovi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur yo‘nalishda «Uzautotrans service» korxonasi Yutong avtobuslarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Toshkentdan yo‘lga chiqqan avtobus Andijon, Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari bo‘ylab harakatlanadi. Avtobus Qo‘yliq dehqon bozori yaqinidan (vodiy pitak) yo‘lga chiqadi. Avtobus Tojikiston Respublikasi hududi orqali tranzit harakatlanadi. Shu sababdan yo‘lovchilar o‘z shaxsiy pasportlari bilan avtobusga chiqishlari lozim. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi