
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritiladi. Tegishli qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi 15-moddasidagi (Turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish) “tumanlar va shaharlar hokimlarining qaroriga binoan” degan so‘zlar “tumanlar (shaharlar) qurilish bo‘limlarining ruxsatnomasiga binoan” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.
15-moddaning amaldagi tahririga ko‘ra, yashash uchun yaroqli bo‘lgan turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Alohida hollarda, turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish mulkdorning yoki u vakolat bergan organning (shaxsning) arizasiga ko‘ra tumanlar va shaharlar hokimlarining qaroriga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar