22:30 / 23.12.2019
3 065

Samarqandda qarz tufayli kelib chiqqan janjal pichoqbozlik bilan tugadi

Samarqandda qarz tufayli kelib chiqqan janjal pichoqbozlik bilan tugadi
Afsuski, fuqarolar orasidagi qarz oldi-berdisi o‘z vaqtida yechim topmasligi tomonlarning janjali va olishuvi bilan tugamoqda. Ana shunday holatlardan biri Samarqandda yuz berdi. Bu voqea haqida O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Xususan 2019 yil 03 dekabr kuni taxminan soat 12:30 larda Samarqand tumanidagi Konigil mahallasi hududida fuqaro 32 yoshli A.X. va 33 yoshli F.N.lar o‘zaro qarz oldi-berdi masalasida janjallashib, F.N. muqaddam A.X.dan olgan 2.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni qaytarib bermaganligi sababli, A.X. qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan F.N.ga tan jarohati yetkazgan, natijada F.N. jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, fuqaro F.N.ga og‘ir tan jarohatlari yetkazilganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida A.X.ga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e’lon qilinib, munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat olindi. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha ayblov xulosasi tuzilib, sudlov organiga yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda qarz tufayli kelib chiqqan janjal pichoqbozlik bilan tugadi