
Foto: Toshkent shahar IIBB
25 dekabr kuni soat 17:00 atrofida Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida to‘rtta avtomobil – GAZ 3302, Damas, Lasetti va VAZ 2106 ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hozirda barcha haydovchilarning shaxsi aniqlandi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Baxsiz hodisa natijasida VAZ 2106 haydovchisi va uning to‘rt nafar yo‘lovchisi, Lasetti haydovchisi va uning uch nafar yo‘lovchisi, shuningdek, Damas yo‘lovchisi turli darajadagi tan jarohatlari olishdi va shifoxonaga yetkazildi.
YTH sodir bo‘lishining dastlabki sababi: «Lasetti» haydovchisi 20 yoshli T.Muhammadali Bunyodkor – Baynalminal ko‘chasi bo‘ylab katta tezlikda harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan holda beton to‘siqni oshib o‘tib, qarama-qarshi yo‘lga o‘tib ketgan va uchta mashina bilan to‘qnashgan. Tergovoldi harakatlari davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar