date
views 2 796

Tovuqxonadagi noqonuniy ulanish 13 mln. so‘mdan ortiqroq zarar yetkazdi

Tovuqxonadagi noqonuniy ulanish 13 mln. so‘mdan ortiqroq zarar yetkazdi
Majburiy ijro byurosi Shahrisabz shahar bo‘limi tomonidan elektr 'nergiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi tarmoqlariga noqonuniy ulanishlarning oldini olish va ularni talon-taroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun doimiy tezkor tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan birida "Tutzor" MFY da yashovchi fuqaro O.R. ga qarashli tovuqxonani navbatdan tashqari ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida tovuqxonada nafaqat tabiiy gaz, balki elektr energiyasidan ham hisoblagichdan tashqari ko‘z ilg‘ab bo‘lmas darajada noqonuniy ravishda ulab olib foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan MIB xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Oxirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, tovuqxona davlatga tabiiy gazdan 4 mln. 596 ming so‘m, elektr energiyasidan 8 mln. 580 ming so‘m, jami 13 mln. 177 ming so‘m zarar yetkazganligi aniqlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tovuqxonadagi noqonuniy ulanish 13 mln. so‘mdan ortiqroq zarar yetkazdi