
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va muzeyni borib ko‘rdi.
Davlat rahbari shu yerda yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, yosh ijodkorlar bilan muloqot qildi.
«Жилов ўз қўлимизда». Шавкат Мирзиёев ташқи сиёсатдаги айрим жиҳатларга тўхталди«Жилов ўз қўлимизда». Шавкат Мирзиёев ташқи сиёсатдаги айрим жиҳатларга тўхталди ➥ Батафсил: https://kun.uz/45999101
Опубликовано Kun.uz Пятница, 27 декабря 2019 г.
Prezident mamlakat tashqi siyosatidagi ayrim jihatlarga to‘xtalib o‘tdi:
«Izlanishdamiz, niyatimiz shundaki, iloji boricha... Mana, biz katta-katta integratsiyalarga qo‘shilmoqchimiz. Hamma har xil aytyapti: mustaqillikni berib qo‘yamiz...
Hech kim hech qachon mustaqillikni, o‘zbek millati, kim bo‘lishidan qat’i nazar endi bermaydi.
Bobolarimiz boshlab bergan kurash hozir ham davom etadi. Lekin jilov o‘zimizning qo‘limizda. Biz bozor iqtisodiyotida manfaat nuqtai nazaridan qaysi yo‘l to‘g‘riligini hisob-kitob qilishimiz kerak. Har kuni.
Albatta, bizning eng katta harakatimiz - eng ma’qul, eng to‘g‘ri iqtisodiy manfaat yo‘liga kiramiz. Kim bilan borishimizni xalqimizning o‘zi deputatlar bilan maslahat qilib... Deputat degani - u xalqimizning ovozi, xalqimizning ko‘zi, xalqimizning dardi. Xalqimiz bilan maslahatlashib qilamiz. Yo‘limizning to‘g‘riligiga ishonsak, qilamiz», - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bundan oldin, prezident Shavkat Mirziyoyev Nikkei Asian Review nashriga bergan intervyusida Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish – O‘zbekiston uchun eng zarur va ustuvor maqsadlardan biri sanalishini ma’lum qilgandi.
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov «RIA Novosti»ga O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishdan foyda ko‘rishi mumkin ekani haqida xabar berdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar