date
views 3 546

Toshkentdan Moskvaga muntazam qatnovchi avtobusning birinchi reysi 3 kishiga xizmat ko‘rsatdi (video)

Toshkentdan Moskvaga muntazam qatnovchi avtobusning birinchi reysi 3 kishiga xizmat ko‘rsatdi (video)
O‘zbekiston ilk marta Rossiya poytaxti bilan muntazam avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi. «Toshkent» avtovokzalidan Moskvaga yo‘l olgan avtobus 25 dekabr kuni «Novoyasenevskaya» avtostansiyasiga yetib bordi. Bu haqda «MIR 24» telekanali xabar qildi.

O‘zbekiston poytaxtidan Rossiya poytaxti sari yo‘lga chiqqan avtobus 3,5 ming kilometrli masofani 64 soatda bosib o‘tgan. Uch haydovchi har 4 soatda almashib, avtobusni boshqarib kelgan.

«Uzautotrans service» korxonasi avtobusi 50 kishiga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, ilk reys faqat 3 kishiga xizmat ko‘rsatdi.
Haydovchi Arman Marzabekovning so‘zlariga ko‘ra, 2019 yilda ishlab chiqarilgan avtobus konditsioner, muzlatgich, issiq va sovuq suvli kuler bilan jihozlangan.

Avvalroq ushbu yo‘nalish bo‘ylab muntazam avtobus qatnovlari haftasiga ikki marotaba — dushanba va payshanba kunlariga belgilangani, chipta narxi 900 000 so‘m etib belgilangani xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Rossiyaning Nijniy Novgorod va Qozon shaharlariga ham muntazam avtobus qatnovlari amalga oshirib kelinmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdan Moskvaga muntazam qatnovchi avtobusning birinchi reysi 3 kishiga xizmat ko‘rsatdi (video)