Foto: ixbt.photo
Vazirlar Mahkamasining “2019-2021 yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Toshkent viloyati hokimligining:
- viloyatning Bo‘stonliq, Ohangaron, Parkent, Bo‘ka, Chinoz, Zangiota tumanlari va Angren shahrida zarur infratuzilmani shakllantirish orqali ular o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash asosida turistlarning uzluksiz sayohatlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ushbu hududlarni “Oltin halqa” turizm konsepsiyasi asosida rivojlantirish;

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda:
- Dasturda va Rejada belgilangan tadbirlar va loyihalarni o‘z vaqtida, to‘liq hajmda sifatli bajarilishining tizimli monitoringini olib boradi va uning natijalarini har oyda muhokama qiladi;
- muammoli masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularni tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘radi.
Dasturda va Rejada belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi holati yuzasidan har chorak yakunlari bo‘yicha keyingi oyning 10-kuniga qadar Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga ma’lumot kiritib boradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar