Toshkent metrosi 3 kun qisqartirilgan jadvalda ishlaydi

Toshkent metrosi 3 kun qisqartirilgan jadvalda ishlaydi

Toshkent metropolitenining Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar harakati vaqtincha o‘zgartiriladi. 17–19 iyul kunlari ushbu yo‘nalishda metro poyezdlari odatdagidan ertaroq to‘xtatilib, soat 06:00 dan 22:30 gacha qatnovni amalga oshiradi.

Toshkent metropoliteni” DUK ma’lum qilishicha, mazkur o‘zgarish yo‘lovchilar xavfsizligini yanada kuchaytirish maqsadida amalga oshirilayotgan texnik nazorat ishlari bilan bog‘liq. Shu kunlarda Yer usti halqa yo‘li bo‘ylab joylashgan 14 ta bekat mutaxassislar tomonidan batafsil ko‘zdan kechiriladi.

Tekshiruvlar davomida bekatlarning konstruktiv va texnik holati sinchkovlik bilan o‘rganilib, infratuzilmaning ishonchli ishlashi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish choralari ko‘riladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar