2020 yil O‘zbekistonda 18ta yangi oliy ta’lim muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ular quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi:
- 10ta mahalliy oliy ta’lim muassasasi;
- 3ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi;
- 5ta davlat–xususiy sheriklik shartlari asosida.
Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash ikki martaga oshiriladi.
18ta yangi OTM tashkil etilishi va qo‘shma ta’lim dasturlari kengaytirilishi natijasida yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrovi 25 foizga yetkaziladi.
Muhandislik-texnik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlari ulushi 28 foizga ko‘paytiriladi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilaridan magistratura mutaxassisliklariga qabul qilingan talabalar ulushi 10 foizga oshiriladi.
Xorijiy tajribalar asosida talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida OTMlarda o‘quv jarayoni kredit-modul tizimida tashkil etilib, ta’lim jarayonlarini elektron ta’lim boshqaruv tizimi orqali nazorat qilish joriy etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"