date
views 3 730

Jizzaxda "Kaptiva" haydovchisi YPX xodimini kaltakladi

Jizzaxda "Kaptiva" haydovchisi YPX xodimini kaltakladi
Jizzax viloyati Jizzax shahrida YPX inspektori kaltaklandi deb yozadi Yeveryday.uz nashri.

2019 yil 31 dekabr kuni tungi soat 23:00 larda I.Karimov ko‘chasida yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan "Kaptiva"ni YPX inspektori to‘xtatgan. Uni 1988 yilda tug‘ilgan B.B. boshqarayotgan bo‘lgan. Inspektor haydovchining mastligini aniqlash maqsadida uni tibbiy tekshiruvga olib borgan.

Natijada haydovchining mastligi aniqlangan. Shundan so‘ng xodim holat yuzasidan bayonnomani rasmiylashtirayotganda B.B. inspektorni do‘pposlab, haqoratlab so‘kkan. Xodimga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. B.B. esa IIBga topshirilgan.

Hozirda holat yuzasidan prokuratura surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda "Kaptiva" haydovchisi YPX xodimini kaltakladi