08:39 / 06.01.2020
2 961

Alisher Qodirov takroriy ovoz berishda parlament deputatligiga saylandi

Alisher Qodirov takroriy ovoz berishda parlament deputatligiga saylandi
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov bugun, 5 yanvar kungi takroriy ovoz berish natijalariga asosan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylandi.

Qodirovning o‘zi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda xabarga shunday munosabat bildirdi:
«Hozirgacha olingan natijalar shunga qarab ketyapti. Shiorlarimizdan birini «kuting», deb boshlagandik, saylov yakunigacha kuttira oldik, menimcha».

Manbalarimizga ko‘ra, Alisher Qodirov Jizzax viloyati 36-Paxtakor saylov okrugida 82 foizdan ko‘proq ovoz yig‘gan.
Ushbu okrugga 4ta tuman – Paxtakor, Sharof Rashidov, Zafarobod va Zarbdor tumanlari kiradi.
Unga raqiblik qilgan O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Gulzoda Zuhurova esa 18 foizga yaqin ovoz to‘plagan.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Qodirov 22 dekabr kungi saylovlarda yetarlicha ovoz to‘play olmagan (31 foiz) va shu sababli, takroriy ovoz berish jarayoni natijalarini kutishiga to‘g‘ri kelgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Qodirov takroriy ovoz berishda parlament deputatligiga saylandi