O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov tavalludining 70 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farmoniga asosan «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
«El-yurt hurmati» ordeni bilan mamlakat mustaqilligini, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga, milliy ma’naviyatni, madaniyatni yuksaltirishga katta hissa qo‘shgan, o‘z mehnati, ilmiy, jamoat ishi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan jamoatchiligining izzat-hurmatiga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadilar.
Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari 1950 yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida ziyoli oilada tavallud topganlar. 1982-1983 yillarda Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida, 1983-1987 yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida, 1989-1990 yillarda esa Marokashning «Karaviyn» dorilfununida tahsil olganlar.
Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Samarqand viloyati Payariq tumanida joylashgan Imom Buxoriy nomidagi jome masjidida 1980-1982 yillarda imom noibi vazifasida, 1987-1989 yillarda, so‘ngra yana 1990-2006 yillar mobaynida ushbu masjidning imom-xatibi sifatida faoliyat yuritganlar. Shu bilan birga, 2000-2006 yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi lavozimida ishlaganlar.
Usmonxon Alimov hazratlari 2006 yil 8 avgustda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga tayinlanib, 14 yildan buyon shu lavozimda samarali faoliyat olib bormoqdalar.
Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari nafaqat mamlakatimiz, balki dunyo miqyosidagi obro‘-e’tiborli ulamolardan biridir. 2012 yilda Diniy idora tarixida ilk bor Islom olami uyushmasi ta’sis majlisining a’zosi hamda Butun dunyo ulamolar kengashi a’zosi etib saylanganlar.
So‘nggi yillarda muftiy Usmonxon Alimov hazratlari xalqaro e’tibor va ehtirom sabab Ummon Sultonligi Islomiy strategik tadqiqotlar markazi tomonidan 2019 yil 30 sentabrda e’lon qilingan «Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni» ro‘yxatidan munosib o‘rin egalladilar. U o‘tgan 10 yildan buyon ushbu ro‘yxatdan mustahkam joy olib kelmoqdalar.
Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari yigirmadan ortiq kitob va yuzdan ziyod ilmiy-ommabop maqola muallifi hisoblanadi hamda tele, radio dasturlarda dolzarb mavzularda chiqishlar qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?